12 Iyul 2024 yil 1574

Gʻozgʻon shahrida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikni oldini olish borasida profilaktik ishlar olib borilmoqda

Navoiy viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi masʼullari hamda Gʻozgʻon shahar IIB xodimlari bilan Tumar MFYda ijtimoiy profilaktika kuni munosabati bilan “Turmush” tashviqot tadbirlari tashkil etildi. Bunda asosan, notinch va nizoli oilalar bilan suhbatlashilib muammolari yuzasidan oʻrganishlar olib borildi. Oilaviy janjallarning sabablari aniqlanib mahalla faollari bilan birgalikda tushuntirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari profilaktik hisobda turuvchi, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan alohida suhbatlashilib  ularga huquqiy, tibbiy, psixologik koʻmak koʻrsatildi. Shuningdek, shu kungi tadbirlar davomida ”Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida ham suhbatlar olib borilib, ijtimoiy tarmoqdan xavfsiz foydalanish toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi hamda turli oʻyin va havolalar firibgarlar tuzogʻi ekanligi aks etgan bukletlar tarqatildi.


 


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech