“Psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish” mavzusida oʻtkazilgan oʻquv amaliy seminarda Navoiy viloyati IIBning mutaxassis psixologlari ham faol ishtirok etdi
Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda “Psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish” mavzusida oʻquv amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda mutaxassislar tomonidan psixoaktiv moddalarga qaramlikni oldini olishning maqsad va vazifalari, maktab oʻquvchilari bilan ishlashning asosiy yoʻnalishlari hamda psixologlar, oʻqituvchilar va ota-onalar psixoaktiv moddalarga qaramlikni aniqlashda eʼtibor qaratilishi lozim jihatlar boʻyicha tushunchalar berildi.
Seminarni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad voyaga yetmaganlar oʻrtasida salbiy odatlarni shakllanishini oldini olish hamda soha mutaxassislari bilan hamkorlik faoliyatini yanada kuchaytirish shuningdek, yoshlarni ruhan va jismonan tarbiyalashga hissa qoʻshishdan iborat.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati