18 Iyun 2024 yil 1573

Tomdi tumanida “Payshanba profilaktika kuni” munosabati bilan targʻibot tadbirlari tashkil etildi 

 Ichki ishlar sohasida profilaktika kuni tadbirlarini tashkil etilishi oʻzining ijobiy samarasini berib, mahallalarda osoyishtalikni taʼminlanishiga hamda yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olishga erishilmoqda. Xususan, olis Tomdi tumani IIB xodimlari ham har haftaning payshanba kunida fuqarolar bilan targʻibot tadbirlari olib bormoqda. Profilaktika tadbirlarida, ayniqsa, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan ishchi-xizmatchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilib huquqbuzarlik va jinoyat sodir etmaslik, qonun buzilish holatlariga duch kelgan vaqtda profilaktika inspektoriga murojaat qilish, shuningdek yoʻl harakati qoidalariga amal qilish boʻyicha tushuntirishlar olib borildi. Bundan tashqari ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar xonadonlariga borilib ijtimoiy-moddiy va tibbiy masalalarda koʻmak koʻrsatildi. Fuqarolar bilan uchrashuv davomida ayni paytda koʻpayib borayotgan firibgarlik, talonchilik jinoyatlariga qarshi kurashishga qaratilgan bukletlar tarqatildi. Suketti ovul fuqarolar yigʻini faollari bilan suhbatlashilib ovul kriminogen vaziyatini yaxshilash borasida hamkorlikdagi rejalar muhokama etildi.

 Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech