6 Dekabr 2024 yil
1948
Tomdi tumanida o‘tkazilgan navbatdagi ommaviy sayyor qabulda murojaatlar ijobiy yechim topdi
Inson manfaati-oliy qadriyat. Aholini dardini eshitish va muammolarini joyida hal etish borasida olis tumanlarda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, navbatdagi ommaviy sayyor qabul viloyatning Tomdi tumanida bo‘lib o‘tdi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ hamda sektor rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan mazkur qabulda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari-Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Zohidjon Qayumov ham tomdilik bir guruh fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqdi.
Jumladan, bandlik, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, aliment, fuqarolik masalalari bilan bog‘liq bir qancha murojaatlar tinglanib, tegishli tashkilot mutasaddilari bilan hamkorlikda ijobiy yechim topildi. Ba'zi murojaatlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borilishi va nazoratga olinishi aytildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati