Navoiy viloyati Tomdi tumanida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar ishtirokida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida tadbirlar tashkil etilmoqda
“Biz zoʻravonlikka qarshimiz 16 kun” aksiyasida doirasida Tomdi tumani IIB JXX HPBning xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullar tashabbusi bilan hudud ayollari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirga Sharq ovul fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli, hamda ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi xodimlari taklif etlib, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻrovonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari tushuntirilib, zoʻravonlik qurboni boʻlganda yoxud tazyiq ostida qolganlarni himoya qilishda huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish kerakligi taʼkidlandi. Soʻzga chiqqanlar oilada sogʻlom maʼnaviy muhitni yaratishda ayollarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash zarurligi va bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida soʻzladi.
Navoiy
viloyati IIB Axborot xizmati