9 Декабр 2023 йил 986

Томди туманида истиқомат қилувчи хотин-қизлар иштирокида «Зўравонликка қарши 16 кун» акцияси доирасида тадбирлар ташкил этилмоқда

“Biz zoʻravonlikka qarshimiz 16 kun” aksiyasida doirasida Tomdi tumani IIB JXX HPBning xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullar tashabbusi bilan hudud ayollari ishtirokida  davra suhbati tashkil etildi. Tadbirga Sharq ovul fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli hamda ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi xodimlari taklif etlib tazyiq va zoʻrovonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari tushuntirildi, zoʻravonlik qurboni boʻlganda yoxud tazyiq ostida qolganlarni himoya qilishda huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish kerakligi taʼkidlandi. Soʻzga chiqqanlar oilada sogʻlom maʼnaviy muhitni yaratishda ayollarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash zarurligi va bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida soʻzladi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech