Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida sportning “Dzyudo” turi bo‘yicha “Dinamo” chempionati o‘tkazildi
Sog‘lom turmush tarziga amal qilayotgan yurtdoshlarimiz soni kundan-kunga ortmoqda. Osoyishtalik posbonlarining esa jismoniy tarbiya va sport bilan oshino bo‘lishlari tinchligimiz kafolatidir. Xodimlarning ommaviy sport bilan shug‘ullanishlarini rag‘batlantirish maqsadida Navoiy viloyati Dzyudo federatsiyasi zalida sportning “Dzyudo” turi bo‘yicha “Dinamo” chempionati o‘tkazildi. Musobaqada viloyat Ichki ishlar, Bojxona, Milliy gvardiya boshqarmasi hamda harbiy qismlardan 40dan ortiq xodimlar ishtirok etdi. Murosasiz bahslarda viloyat IIBning kuragi yerga tegmagan polvonlari birinchilikni band qilib chempionat kubogini qo‘lgan kiritdi. 2-o‘rinni Milliy gvardiya jamoasi egallagan bo‘lsa, 7532-son Harbiy qism yigitlari 3-o‘ringa munosib deb topildi. Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari diplom, medal, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati