26 Aprel 2024 yil 1057

Vazir oʻrinbosari general-mayor B.Y.Mirzarahimov Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi tarbirkorlar faoliyati bilan tanishdi. 

Vazir oʻrinbosari general-mayor B.Y.Mirzarahimovning galdagi oʻrganishlar joyi Qiziltepa tumani boʻldi. Unda  “Uzilishkent” mahalla binosiga tashrif buyurib yettilik faoliyati bilan tanishdi. Mahalla aholisi xavfsizligi uchun  bajarilayotgan ishlar, kun tartibidagi ijtimoiy profilaktika jarayonlariga guvohi boʻldi. Shuningdek, mazkur mahalla profilaktika inpektorining xizmat uyiga ham borib yashash sharoiti va  muammolarini oʻrgandi.  

Bundan tashqari mahalla hududida joylashgan “Toshrabot tekstil” kichik ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini koʻzdan kechirdi. Tashrif ishtirokchilari korxonadagi zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda xizmat qilayotgan xotin-qizlar va yoshlar mehnati, maoshi bilan tanishdi. Korxona salohiyatidan kelib chiqib ish bilan taʼminlash hajmini oshirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi. Ishchi guruh oʻrganishlar hududlar boʻylab davom etmoqda.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech