25 Aprel 2024 yil 527

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Y.Mirzarahimov Navoiy viloyatida oʻrganishlar olib bormoqda

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bahodir Yuldashevich Mirzarahimovning navbatdagi oʻrganishlari Navoiy viloyatining Navoiy shahridagi  yaqinda foydalanishga topshirilgan 22-oʻrta maktab hamda Navroʻz mahallasida boʻldi.

Oʻrganishlar davomida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari dastlab shaharning 22-maktabida maktab oʻquvchilarini maktab qatnashlari uchun tekis piyodalar yoʻlaginining mavjudligi, maxsus oʻquv xonalarida yaratilgan sharoitlar, ularning innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini koʻzdan kechirdi. Ayniqsa ularning xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.  

Soʻng Navoiy shahridagi Navroʻz mahallasida boʻlib, mahalla yettiligi bilan uchrashdi. Ular faoliyati doirasida ijtimoiy profilaktikaning eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlari xususida suhbatlashildi. Shuningdek, mahalla tinchligi va osoyishtaligini saqlashda va aholi murojaatlarini oʻrganishda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish lozimligini taʼkidladi. Shuningdek, profilaktika inspektorining Navroʻz mahallasi tarkibi va kelgusida rejalashtirilgan ishlar boʻyicha hisoboti tinglandi.

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining Navoiy viloyati hududi boʻylab oʻrganishlari davom etmoqda.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech