25 Aprel 2024 yil 1072

Vazir oʻrinbosari general-mayor B.Y.Mirzarahimov Navoiy viloyatidagi ishlab chiqarish obyektlari bilan tanishdi

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bahodir Yuldashevich Mirzarahimovning galdagi oʻrganishlar joyi Bunyodkor mahallasida joylashgan “Uzbekistan hydrogen peroxide” MCHJ boʻldi. Unda tashrif ishtirokchilari asosiy ishlab chiqarish bloklari bilan tanishdi. Vodorod peroksidi ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan zavodning mutaxassis ishchilari bilan suhbatlashib jarayonlarni yaqindan kuzatdilar. Shuningdek ish bilan taʼminlash hajmi va ishchilar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi. 

  Keyingi manzil viloyat markaziga yondosh hudud Karmana tumani Paxtaobod mahallasi boʻlib, unda mahallada faoliyat olib borayotgan rais, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va boshqa  masʼullar bilan uchrashdi. Mahallada aholini turmush sharoitlarini yaxshilash, yoshlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: