9 Yanvar 2025 yil 2850

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Navoiy Innovatsiyalar universitetida tashkil etilgan vatanparvarlik festivalida faol ishtirok etishdi

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan festivalda barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari jumladan, viloyat Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Mudofaa ishlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari xodimlari faol ishtirok etishdi. Tadbirda soha vakillari o‘zlarining qiziqarli chiqishlari bilan talaba-yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, ayrim amaliy ko‘rgazmalarda bevosita ishtirok etishi tadbirdagi taassurotlarini boyitdi. Yoshlarni vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar hududlar bo‘ylab davom etmoqda. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: