Viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari mavsumni betalofat o‘tkazish va jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Navoiy shahrida o‘rganishlar olib bordi
Hudud krimenogen vaziyatini barqarorlashtirish hamda kuz-qish mavsumida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Navoiy shahrida joylashgan tezkor tadbirlarini tashkil etish shtabida bo‘lib, xodimlar faoliyatini o‘rgandi. Shuningdek, yurutuvdagi hujjatlar tekshirilib, rejadagi chora-tadbirlar yuzasidan bir qancha topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlar, isitish tizimlari ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, jamoat tartibini saqlashga mas’ul, tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar bilan suhbatlashilib, hushyorlik va sergaklikni oshirish, qonunchilik va tartib intizomga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati