Viloyatning barcha ta’lim muassasalari pedagoglari o'rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida IIV Navoiy akademik litseyi jamoasi birinchilikni egalladi
Bilimli, har sohada ilg‘or yoshlarni tarbiyalash va ularga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishda ustoz-murabbiylarimizning xizmati e’tirofga munosib. Navoiy viloyatida o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan kitobxonlik va ma’naviy-ma’rifiy ko‘rik tanlovlar ularni yanada o‘z ustida chuqurroq ishlashga, bilim-saviyalarini mutaassil oshirib borishga xizmat qilmoqda. Yaqinda viloyat hududidagi barcha, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari ustoz va murabbiylari o'rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Pedagoglardan iborat 48 jamoa ishtirokidagi mazkur o‘yinda peshqadamlik qilgan IIV Navoiy akademik litseyi o‘qituvchilari birinchilikni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati