26 Dekabr 2023 yil
2601
Zarafshon shahar IIB boshligʻi sektor hududidagi muassasalarning Yangi yil bayram tadbirida ishtirok etdi
Zarafshon shahar IIB boshligʻi Yangi yil bayrami munosabati bilan sektor xududidagi “Gapir bolajon” logopedik markaziga tashrif buyurdi. Markazdagi tarbiyalanuvchilar ishtirokida tashkil etilgan musiqali bayram dasturidan bahramand boʻlgan mutasaddilar jajji bolalar uchun atalgan bayram sovgʻalarini taqdim etishdi. Ular bilan kelajakdagi orzulari haqida suhbatlashdilar. Qorbobo va qorqizning qiziqarli dasturlari ham namoyish etildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati