15 Oktyabr 2024 yil 77

Zarafshon shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari otaliqqa olingan maktab o‘quvchi-yoshlari bilan suhbatlashdi

Yoshlarni iqtidor va salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, kasbga yo‘naltirish, imtiyoz va imkoniyatlar bilan tanishtirish maqsadida Zarafshon shahar IIB boshlig‘i otalig‘idagi  11-sonli umumta’lim maktabning o‘quvchi-yoshlari bilan uchrashdi. 

Uchrashuv erkin suhbat tarzida tashkil etilib o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan mavzular doirasida mutasaddilarga murojaat etdi va savollariga javob olishdi. Shuningdek, IIB boshlig‘i tomonidan o‘sib kelayotgan yosh avlodni yurt ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishlari buning uchun kuchli bilimga ega bo‘lish,sport bilan shug‘ullanishning ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi. Munozaralarda faol ishtirok etgan yoshlarga esdalik sovg‘alari berildi.

Navoiy viloyati IIB boshlig‘i

Text to speech