5 Oktyabr 2024 yil 1325

Zarafshon shahar IIB xodimlari tomonidan keng qamrovli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

Zarafshon shahar IIB xodimlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan shaharning “Bahor” MFYda keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. Tadbir avvalida profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida yo‘riqnoma tashkil etilib, hududning kriminogen vaziyatiga ta’sir etuvchi, qonun buzilish holatlariga imkon yaratuvchi omillarni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Mahallada olib borilgan profilaktik o‘rganishlar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, yakka-yolg‘iz istiqomat qiluvchi fuqarolar holidan xabar olinib, nizoli va ajrim yoqasidagi oilalar hamda ichkilikka ruju qo‘ygan shaxslar xonadonlarida tushuntirish ishlari olib borildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati 



Text to speech