Zarafshon shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi xodimlari tomonidan aholiga fuqarolik masalalari boʻyicha xizmat koʻrsatish, ularni ID kartalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning 16-avgust kuni Zarafshon shahar 3-sektor rahbari tomonidan hududda yashovchi 16 yoshga qadam quygan bir guruh yoshlarga va Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolik toʻgʻrisida”gi qonunga asosan ID kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida fuqarolikni tasdiqlovchi hujjatga nisbatan ehtiyotkor munosabatda boʻlish, yoʻqotilgan hujjat uchun qonuniy javobgarlik belgilangani boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: