Zarafshonda avf etilgan fuqaroga ijtimoiy-moddiy ko‘mak ko‘rsatildi
Yurtimizda insonparvarlik siyosatining amaliy ifodasini bilib-bilmay xato qilganlarni kechirish, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish va g‘amxo‘rlik qilish kabi azaliy qadriyatlarda ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga muvofiq qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon, tuzalish yo‘liga o‘tgan 483 nafar mahkumlar avf etildi. Ular orasida Zarafshon shahrida istiqomat qiluvchi Farrux Doniyorov ham bor. Unga berilgan ozodlik imkoniyati sabab bugun u bayram shodiyonalarini oilasi bag‘rida o‘tkazishga musharraf bo‘ldi. Farrux Doniyorovning jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish maqsadida Zarafshon shahar IIB boshlig‘i va boshqa mutasaddilar uning xonadonida bo‘lishib, oila a’zolari bilan suhbatlashishdi va muammolarini o‘rganishdi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati