Qashqadaryo viloyatida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o'rtasida qoʻl jangi sport turi boʻyicha o'tkazilgan “IIV kubogi“ musobaqasida Navoiy viloyati IIB xodimlari ham g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi
Ichki ishlar vazirining 2024-yil 5-sentyabr kunidagi “Ichki ishlar organlarining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari terma jamoalari o‘rtasida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi qo‘l jangi federatsiyasi sport saroyida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida qo‘l jangi sport turi bo‘yicha “IIV kubogi“ musobaqasi tashkil etildi. Sakkiz vazn toifasida o‘tkazilgan qizg‘in va murosasiz bahslarda Navoiy viloyati IIB xodimlari ham munosib ishtirok etishdi va g‘oliblar qatoridan joy olishdi. Shaxsiy birinchilik bahslarida 62 kilogramm vazn toifasida Islombek Mardonov faxrli 1-o‘rinni, 80 kg vazn bo‘yicha Xo‘jaqul Ergashev 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Abbos Qodirov, Umidjon Axmatov hamda Shuhrat Abdurayimovlar o‘z vazn toifalarida faxrli 3-o‘ringa munosib deb topildi.
Umumjamoa hisobida esa faxrli 1-o‘rinni Farg‘ona viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoasi band etdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlar Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyati jamoalariga nasib etdi. Gʻoliblar Ichki ishlar vazirligining kubogi, diplomlari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati