Aholi muammolarini oʻrganish va yashash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik Azat Tasbayev hamda Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi polkovnik Elbek Urunovlar Navbahor tumanida oʻrganishlar olib borishdi
Bugungi kunda aholiga qulay shart-sharoit yaratish, hayotidan rozi kayfiyatda istiqomat qilishlari uchun imkoniyat hosil qilish, shuningdek haq-huquqlarini ishonchli taʼminlash va ijtimoiy-moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlash borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik Azat Tasbayev hamda Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi polkovnik Elbek Urunovlar bilan birgalikda hududlarda oʻrganishlar olib bormoqda.
Jumladan, Navbahor tumanidagi oʻrganishlar davomida tuman aholisi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish choralari koʻrilib, Hashman MFY fuqarolarining yoʻl bilan bogʻliq muammolari ijobiy hal etildi. Jarayonda mutasaddilar tumandagi foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan binolarni taʼmirlash va aksar mahalla ichki yoʻllarini asfaltlashtirish ishlarini kuzatishdi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati