13 Sentyabr 2024 yil 801

"Barqaror turmush" oyligi munosabati bilan Uchquduq tumani ayollari bilan uchrashuv tashkil etildi 

5-sentyabrdan 5-oktyabrgacha "Barqaror turmush profilaktikasi" oyligi munosabati bilan Uchquduq tumani IIBda hisobda turuvchi, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan, ishsizlar, muqum mutaxassislikka ega bo‘lmagan,  18 dan 40 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasida “Men kuchli ayolman” loyihasi doirasida profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

Unda so‘zga chiqqan Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutasaddilari hamda tuman IIBning mas’ul xodimlari loyiha ishtirokchilarini yurtimizda ayollar va qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari uchun kasb-hunar o‘rganishga chaqirdi. Shuningdek, loyihada faol ishtirok etish har bir xotin-qizning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va rivojlanishiga sabab bo‘lishi aytildi. Uchrashuv so'nggida xotin-qizlar bilan, kelgusida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar olib borildi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech