Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan hududda kriminogen vaziyatni tahlil qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Navoiy viloyatida o‘rganishlar olib borilmoqda
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan Prezidentning PQ-1-son, PQ-111-son hamda 253-son qarorlari ijrosi hamda hududda kriminogen vaziyatni tahlil qilish borasida amalga oshirilgan ishlar ahvoli Navoiy viloyatida o‘rganilmoqda
Xususan, ishchi guruh tomonidan viloyat Qo‘riqlash boshqarmasida qo‘riqlash va tezkor harakatlanuvchi guruhlarning faoliyati o‘rganildi.
Shuningdek, boshqarmada tashkil qilingan Monitoring markazi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, mazkur yo‘nalishda xizmat olib borayotgan tezkor harakatlanuvchi guruhlarning ish faoliyati, shuningdek, “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi asosida kameralashtirish jarayonlarining samaradorligi hamda tezkor chaqiruv xizmati faoliyati o‘rganildi.
Jarayonda mas’ullarning vaziyat yuzasidan axborotlari tinglanib, hududlarda jinoyatchilikni jilovlash, aholi tinchligi va osoyishtaligini ishonchli ta’minlash borasida tegishli topshiriqlar berildi.
Bu borada tadbirlar davom etmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati