Davlatimiz rahbarining mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha bergan topshirig‘iga asosan Navoiy viloyati IIBda huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi
Davlatimiz rahbarining mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha o'tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida mahallalar, ko‘chalar, qurilishlar atrofi, ariqlar, xiyobonlarda ozodalikni ta’minlashga alohida ahamiyat qaratilishi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan Navoiy viloyati IIBda viloyat hokimligi, Prokuratura, Ichki ishlar hamda Milliy gvardiya boshqarmalarining mutasaddilari shuningdek, hududlar sanitariya va toza-ozodaligiga mas’ullar ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.
Unda mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha viloyatda 24 soatlik shtab faoliyatini yo‘lga qo‘yish, jamoatchilik o‘rtasida targ‘ibotlarni amalga oshirish, nazoratni kuchaytirish, zarur bo‘lganda qonuniy chora ko‘rish lozimligi kabi masalalar o‘rtaga tashlandi va muhokama etildi.
Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim ishlar yuzasidan mas’ullar bilan kelishib olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati