8 Iyul 2025 yil 609

Diqqat, diqqat!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga (serjantlar tarkibini tayyorlash dasturi asosida) o‘qishga nomzodlar tanlovi e’lon qilinadi.

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti “Yo‘l-patrul faoliyati” yo‘nalishiga bo‘yi 175 sm past bo‘lmagan, “Pasport tizimini ta’minlash” hamda “Maxsus operatsiyalarini amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishlariga bo‘yi 170 sm past bo‘lmagan, o‘qishga oliy ma’lumotli (fakultet yo‘nalishlariga nomzodlarni oliy ta’lim muassasasini tugatgan mutaxassisligi inobatga olingan (“Maxsus operatsiyalarini amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishiga bundan mustasno) holda ichki ishlar organlari uchun belgilangan talablar asosida qabul qilinadi) yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, muddatli harbiy yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan Navoiy viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

 Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:

- fuqarolik pasporti;

- harbiy guvohnoma asl nusxasi;

- bakalavr diplomi asl nusxasi

- B- C toifadagi haydovchilik guvohnomasi (Yo‘l-patrul faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlardan talab etiladi).

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2025 yilning 07 iyuldan – 2025 yilning 07 avgust kuniga qadar Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari mumkin.

2025-yilning 7-iyuldan – 2025 yilning 7-avgust kunlaridan oldin yoki keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari hamda telegramm kanali orqali olishingiz mumkin:

(79) 229-53-00;  (79) 229-52-03.

https://t.me/navoiy_iib, https://t.me/navviliibnomzod 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech