DIQQAT E’LON
O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududlarida joylashgan Ichki ishlar
organlarida bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining
2023-yil 2-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil
etiladi.
Xizmatga tanlov
asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning
xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va
kasbiy fazilatlarga ega nomzodlar qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga
talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
- doimiy yashash joyi bo‘yicha Navoiy viloyati
hududida ro‘yxatda turgan;
- harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki
safarbarlik chaqiruvi rezervida);
- yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta
bo‘lmagan;
- bo‘yi 175 (bir yuzi yetmish besh) santimetrdan
past bo‘lmagan;
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik
litseylari;
- harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari;
- oliy ta’lim muassasalarini tamomlaganlar.
Arizalar kb.iiv.uz sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul
qilinadi. Joriy yilning 21-may kunidan 2025-yilning 27-may kuniga qadar
murojaat qilmagan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi va ushbu tanlovlarda
qatnasha olmaydi.
Qo‘shimcha
maʼlumotlarni Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy sayti,
viloyatdagi boshqa ommaviy axborot vositalari hamda "Telegram" messenjeridagi
“t.me/navviliibnomzod” manzili yoki (79) 229-53-00; va (79) 229-52-03
telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Navoiy viloyati
IIB Axborot xizmati