23 Sentyabr 2025 yil 781

"Dolzarb 20 kun" tezkor profilaktik tadbirlari doirasida hudud kriminogen vaziyatini o‘rganish hamda kuz-qish mavsumida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida viloyat IIB boshlig‘i Nurota tumanida bo‘ldi 

  Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining Nurota tumanida olib borgan o‘rganishlari davomida aholini kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishi uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda hududda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. 

  Dastlab, tuman IIB YHXGda tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar bilan suhbatlashilib, "Dolzarb 20 kun" tezkor profilaktik tadbirlari  doirasida mavjud masalalar bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shundan so‘ng tuman elektr tarmoqlari korxonasi hamda hududgaz  AJda tungi navbatchi xodimlar faoliyati hamda zahira xom ashyolarining mavjudligi o‘rganildi. 

  Bundan tashqari  ishchi guruh tomonidan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda tuman tibbiyot birlashmasining zarur issiqlik tizimlari va qozonxonalari ko‘zdan kechirilib mavsumga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bir qator ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

  Mas’ullar tuman IIBda bo‘lib navbatchilik qismi va tezkor tergov guruhi tarkibi bilan suhg‘batlashdi. Aholi tomonidan bo‘lgan chaqiruv payti e’tibor qaratilishi lozim jihatlar, jumladan sergaklik va tezkorlikni yo‘qotmaslik lozimligi ta’kidlandi. 

  Bu kabi o‘rganishlar hududlar bo‘ylab davom etmoqda.

  Navoiy viloyati IIB  Axborot xizmati

Text to speech