11 Mart 2024 yil 2858

Yoshlar muammolari yechimi boʻyicha Navoiy viloyat IIB, DXX hamda Adliya boshqarmasi rahbarlari tumanlarda oʻrganish olib bormoqda

Aytish lozimki, yoshlar muammolarini oʻrganishga bugunning eng muhim masalasi sifatida qaralib kelinmoqda va bu jarayon oʻzining yangi rivojlanish davrini boshidan oʻtkazayotir.  Ayniqsa, yoshlar bandligi va bu orqali ularning daromad topishlarini taʼminlash borasida hududlarda qator ishlar amalga oshirilyapti. Bu boradagi talay muammolar yechimi boʻyicha Navoiy viloyat IIB, DXX hamda Adliya boshqarmasi rahbarlari tumanlarda oʻrganish olib bormoqda. Xususan, navbatdagi chora-tadbirlar manzili Qiziltepa tumani boʻlib, u yerda masʼul idora vakillari bilan birgalikda yoshlarni ish bilan taʼminlash, ularga hududdagi ekin yerlaridan ajratib berish  boʻyicha amaliy ishlar olib borildi. Mutasaddilar fermer xoʻjalik rahbarlari bilan uchrashib tumanning uyushmagan yoshlariga maʼlum miqdordan tomorqa yerlarini boʻlib berish, dehqonchilik va tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishida imtiyozli kredit olish va boshqa yoʻnalishlarda koʻmaklashish boʻyicha topshiriqlar berdi. Ishonamizki, tuman yoshlari koʻnglidagi orzu-maqsadlarini amalga oshirishda bu kabi imkoniyatdan samarali foydalanishadi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech