23 Avgust 2025 yil 119

Navoiy viloyati IIB boshlig'ining navbatdagi shaxsiy qabuli o'tkazildi 

  Aholi bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning muammolari va murojaatlarini tinglash, ularni joyida hal etish orqali davlat organlariga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlash maqsadida Navoiy viloyati IIB rahbariyati tomonidan fuqarolar  qabuli muntazam ravishda o'tkazilib kelinmoqda. 

  Viloyat IIB boshlig'i, polkovnik Azat Tasbayev tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi  qabul davomida viloyatning tuman va shaharlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat qilishdi. Yuzma-yuz muloqot davomida  shaxsiy va ijtimoiy muammolar, oilaviy nizo, bandlik va sud huquqqa oid murojjatlar tinglandi. Har bir fuqaroning murojaati boshqarma boshlig'ining shaxsan nazoratiga olindi. Muddat va o'rganish talab qiladigan muammolarni hal etish yuzasidan tegishliligi bo'yicha  mas'ullarga zarur topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

  Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech