25 Dekabr 2023 yil 2109

“Gender  tenglik  faoli” hamda “Yil ayoli” milliy tanlovi viloyat bosqichi gʻoliblari eʼlon qilindi

Maʼlumki, respublika miqyosida “Gender  tenglik  faoli” hamda “Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻdi. Tanlov orqali mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oʻzining ulkan hissasini qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsad qilingan. Unda 11 nominatsiyada ayollar oʻzlarining iqtidor va qobiliyatlarini namoyish etdilar. “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli” nominatsiyasida viloyat IIB JXX HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor podpolkovnik Maxliyo Mirzayeva gʻoliblikni qoʻlga kiritib respublika bosqichiga yoʻllanma oldi. Shuningdek, “Gender  tenglik  faoli”  tanlovida  “Gender  tenglikni  taʼminlashda  eng faol xududiy  davlat organi”  nominatsiyasida viloyat IIB 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. 


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech