30 May 2025 yil 3856

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n uchinchi sessiyasida viloyat IIB boshlig‘ining hisoboti tinglandi

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n uchinchi sessiyasida viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Azat Tasbayev ham ishtirok etib, viloyat hududida qonunchilikni ta’minlash, huquq-tartibotni mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda 2025-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar, shuningdek viloyat IIB va uning quyi tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’ruza qildi. Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, yo‘l-transport hodisalari sabab va oqibatlarini o‘rganish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti o‘qib eshittirildi. 

Bundan tashqari jinoyatchilikni jilovlash borasida mahala yettiligi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan topshiriq va tavsiyalar berildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech