23 Avgust 2025 yil
128
Vatanimiz mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan Navoiy viloyati IIBda umumxalq xayriya hashari tashkil etildi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2025-yil 13-avgust kunidagi “Ozbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34-yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tlazish to’g’risida”gi 516-son farmoyishiga asosan “Obod va fayzli mahalla - yurt ko’rki” shiori ostida Navoiy viloyati IIBda umumxalq xayriya hashari o’tkazildi.
Erta tongdan xodimlar oʻzlariga biriktirilgan hududlarda atrofni chiqindilardan tozalash, daraxtlarni oqlash kabi ishlarni amalga oshirishdi.
Bu kabi hashar tadbirlar hududlarni obodonlashtirish barobarida epidemiologik osoyishtalikni saqlash shuningdek, jamoaning bir tanu bir jon boʻlib xizmat qilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati