21 Iyun 2024 yil 1823

Xatirchi tumanida IIBning xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullari tomonidan ayollar oʻrtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Xatirchi tumani “Novja” MFY xotin-qizlari ishtirokida targʻibot tadbirlari tashkil etildi.  Tadbir davomida profilaktik hisobda turuvchi va notinch oilalarda yashovchi xotin-qizlar bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmaslik, janjalli muhitning farzand tarbiyasidagi salbiy taʼsiri va oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, xotin-qizlarning oilaviy shart-sharoitlari, ijtimoiy muammolari oʻrganildi, ularga huquqiy, tibbiy, psixologik yordam koʻrsatildi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech