18 Dekabr 2024 yil 418

“Xavfsiz hudud – Dolzarb 50 kunlik” tadbiri doirasida Nurota tumanida giyohvand moddasiga o'xshash modda olib yurgan shaxs aniqlandi

      O'tkazilayotgan “Xavfsiz hudud – Dolzarb 50 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida Nurota tumanida profilaktika inspektorlari hamda jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor-profilaktik tadbir o‘tkazildi. "Dehibaland" MFYda joylashgan “Karavan” dam olish maskani yonida shubhali avtomashina nazorat tartibida o‘rganildi. Mashina salonidan quruq holdagi, yashil rangli, o‘tkir hidli giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi. Holat bo‘yicha sud tibbiy kimyoviy ekspertizasi tayinlanib, qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech