Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdagi 15-sessiyasida viloyat IIB boshlig‘ining hisoboti tinglandi
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Azat Tasbayev ham ishtirok etib, viloyat hududida qonunchilikni ta’minlash, huquq-tartibotni mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar, shuningdek viloyat IIB va uning quyi tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’ruza qildi. Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, yo‘l-transport hodisalari sabab va oqibatlarini o‘rganish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti o‘qib eshittirildi. Jumladan, viloyatimiz hududida sodir etilishi mumkin bo'lgan salbiy holatlarning oldini olishda keng jamoatchilikni birdamlikka chaqirdi.