29 Aprel 2024 yil 2188

Xodimlar uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi

Kitob – beminnat ustoz, bilim manbai, maʼnaviyat sarchashmasi. Navoiy viloyati IIBda kitob yarmarkasi tashkil etishdan asosiy maqsad ham xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularni boy madaniy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda kitobxonlik madaniyatini oshirishdan iborat edi. Kitobxonlik oyligi doirasida tashkil etilgan ushbu yarmarkada xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan oʻzbek va jahon adabiyotining noyob namunalarini xarid qilishdi. Shuningdek, detektiv janridagi asarlar ham osoyishtalik posbonlarida katta qiziqish uygʻotdi.  Ayniqsa, kitob narxlarining arzonlashtirilgani ular uchun xarid imkoniyatini kengaytirdi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmat

Text to speech