Navoiy viloyati IIB xodimlari va ularni oila a’zolari uchun Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi
Ichki ishlar organlari xodimlarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash borasida tizimda samarali ishlar olib borilmoqda. Navoiy viloyati IIB boshlig`ining tegishli farmoyishiga asosan shaxsiy tarkib va ularning oila a’zolarini madaniy hordiq olishini ta’minlash maqsadida Zomin bolalar sog`lomlashtirish oromgohiga sayohat tashkil etildi. Erta tongdan boshqarma binosida yig`ilgan xodimlar va ularning oila a’zolari YPX avtomashinasi kuzatuvi asosida hamda tibbiyot xodimi hamrohligida olis Jizzax viloyatining Zomin tumaniga qarab yo`l olishdi. Sayohat tadbiriga boshqarmaning tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo`linmalarida xizmat qilayotgan xodimlar shuningdek, xizmat vaqtida vafot etgan marhum xodimlar va ularning oila a’zolarini qatnashishi ta’minlandi. Zomin tog`lari bag`ridagi sayohat, oromgohdagi shart-sharoitlar xodimlar va ularning oila a’zolarini kayfiyatiga ko`taringkilik bag`ishladi. Osoyishtalik posbonlarini madaniy hordiq olishlari uchun tashkil etilayotgan bu kabi sayohatlar yil oxiriga qadar davom ettirilishi belgilandi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati