8 Fevral 2024 yil
3860
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari B.Y.Mirzarahimov Zarafshon shahrida joylashgan 12 son Jazoni ijro etish kaloniyasi xodimlari faoliyati bilan tanishdi
Vazir oʻrinbosarining Zarafshon shahridagi oʻrganishlari davomida 12 son Jazoni ijro etish kaloniyasiga ham tashrif buyurdi. Dastlab muassasada faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan uchrashdi. Shuningdek, mazkur kaloniyada jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarni mehnatga jalb etilishi, ishlab chiqarish jarayonlari hamda kelgusidagi amalga oshirilishi koʻzda tutilgan rejalar bilan tanishdi.
Bundan tashqari kaloniyada muddatli va shartnoma asosida xizmat oʻtayotgan harbiy xizmatchilar bilan uchrashib, xizmat jarayonida sergak boʻlish, yuklatilagan vazifani masʼuliyat bilan bajarish lozimligi taʼkidlandi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati