8 Fevral 2024 yil 2988

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Y.Mirzarahimov Navoiy viloyatining Navbahor va Konimex tumanlari IIBlari faoliyati bilan tanishdi

 Tashrif davomida general-mayor B.Y.Mirzarahimov viloyatning Navbahor tumaniga bordi. Tumandagi oʻrganishlari Navbahor tumani Ichki ishlar boʻlimidan boshlandi. Unda boʻlimning vatanparvarlik burchagi, navbatchilik qismi, tezkor-tergov guruh tarkibi faoliyati bilan tanishdi.  Ichki ishlar boʻlim boshligʻining tuman miqyosida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlari haqidagi maʼruzasi tinglandi. Shuningdek, boʻlimdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha  topshiriqlar berildi. Soʻng  tumandagi “Qorovultepa” mahallasiga borilib profilaktika inspektori faoliyati, ijtimoiy profilaktika tartibi boʻyicha suhbatlashildi. Hudud tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda boshqa huquqni muhofaza qilish  organlari va mahalla masʼullari bilan hamkorlikni kuchaytirish lozimligi aytildi.

Keyingi manzil yondosh hudud Konimex tumani boʻldi. Tashrif guruhi tuman IIBda xodimlar bilan uchrashib, mazkur hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha muhim masalalar yuzasidan suhbatlashildi. Shuningdek, jinoyatchilik koʻrsatkichlari oshgan mahallalar bilan muntazam profilaktik ishlar olib borish hamda sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izida” fosh etish borasida topshiriqlar berildi. Xodimlarning xizmat intizomi va yoʻriqnomasiga qatʼiy amal qilishlari taʼkidlandi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech