1 May 2025 yil 1152

Ichki ishlar vaziri o'rinbosari va viloyat IIB boshlig'i rahbarligida joylarda ishchi guruhi tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan muhokamalar o'tkazilmoqda

  Ma'lumki, Ichki ishlar vazirining Farmoyishi asosida, joriy yilning 1-7 aprel kunlari Vazirlik ishchi guruhi tomonidan Navoiy viloyat Ichki ishlar organlarining faoliyati yuzasidan kompleks-inspektorlik tekshiruvlari o‘tkazilgan edi. Tekshiruv yakunida aniqlangan kamchiliklarni o'z o'rnida bartaraf etish maqsadida viloyatda mavjud shahar-tuman IIBlarda Ichki ishlar vazirining o'rinbosari, general-mayor B.Yu.Mirzaraхimov hamda viloyat IIB boshlig’i, polkovnik A.D.Tasbayev ishtirokida tekshiruvlar yakuniga bag'ishlangan muhokama yig’ilishlari o’tkazilmoqda. 

   Unda aniqlangan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilab olindi hamda mas'ullarga manzilli topshiriqlar berildi.

Text to speech