7 Fevral 2024 yil 2635

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Y.Mirzarahimov viloyat Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqaramasi hamda Navbahor tumanida xizmat olib borayotgan IIB xodimlari bilan uchrashdi

Vazir oʻrinbosari “Tinchlik” lokomativ deposida viloyat t? Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqaramasi xodimlari hamda temir yoʻl ishchi xizmatchilari bilan uchrashdi. Tadbir davomida  soʻzga chiqqanlar temir yoʻl bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning sodir boʻlishidagi sabab va shart-sharoitlar haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlarini temir yoʻllarda  piyodalarning belgilanmagan joydan kesib oʻtish holati, talon-taroj qilish, oʻgʻirlik jinoyatlarining oʻtgan 2023-yildagi koʻrsatkichlari tahlil etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarning muammo va murojaatlari yuzasidan suhbatlashildi. Soha rivoji hamda jinoyatchilikkka qarshi kurash yoʻlidagi samarali xizmati uchun bir guruh xodim va ishchilar  eʼtirof etilib qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Kunning ikkinchi yarmida  general-mayor B.Y.Mirzarahimov viloyatning Navbahor tumaniga yetib keldi. Tumandagi oʻrganishlari Navbahor tumani Ichki ishlar boʻlimidan boshlandi. Unda boʻlimning vatanparvarlik burchagi, navbatchilik qismi, tezkor-tergov guruh tarkibi faoliyati bilan tanishdi.  IIB boshligʻining tuman miqyosida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlari tahlili tinglandi. Shuningdek, boʻlimdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha  topshiriqlar berildi. Soʻng  tumandagi “Qorovultepa” mahallasiga borilib profilaktika inspektori faoliyati, ijtimoiy profilaktika tartibi boʻyicha suhbatlashildi. Hudud tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda boshqa huquqni muhofaza qilish  organlari va mahalla masʼullari bilan hamkorlikni kuchaytirish lozimligi aytildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech