7 Fevral 2024 yil 2517

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Y.Mirzarahimov Karmana tumani mahallalarida  oʻrganish ishlarini olib bordi.

Vazir oʻrinbosari Navoiy shahriga yondosh hudud Karmana tumani mahallalariga tashrif buyurdi. Dastlab, Mir Sayid Bahrom mahallasida boʻlib, hududning tarkibiy qismi bilan tanishdi. Soʻngra mahalladagi beshlik tomonidan bajarilgan ishlar, yechimtalab muammolari oʻrganildi. Tuman markazidagi mazkur mahallada avtoshohbekat, tuman tibbiyot birlashmasi, oliy taʼlim muassasasi joylashganligi munosabati bilan aholi gavjum hududlarda profilaktik ishlarni kuchaytirish,  jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni olidini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini  muntazam tashkil etish lozimligi aytildi. 

Keyingi manzil “Doʻrmon” mahallasi boʻldi. Vazir oʻrinbosarini qarshi olgan mahalla osoyishtaligiga masʼul beshlik oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tashrif ishtirokchilarini tanishtirdi. Jumladan, mahalla profilaktika inspektori hududni kameralashtirish ishlarini qay darajada olib borilayotgani hamda uning kriminogen vaziyatidagi ahamiyati haqida hisobot berdi. Shuningdek, general-mayor B.Y.Mirzarahimov yoshlarni boʻsh vaqtlarini unumli tashkil etish maqsadida mahalla binosida yaratilgan shart-sharoitlar, oʻyingoh va turli toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech