6 Fevral 2024 yil 594

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov Navoiy shahri mahallalarida  oʻrganish ishlarini olib bordi

Vazir oʻrinbosari dastlab, Navoiy shahar 1- son Ichki ishlar boʻlimi binosiga tashrif buyurdi. Boʻlimda xodimlarning jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida jamoatchilik va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikdagi faoliyati koʻzdan kechirildi. “Xavfsiz shahar” dasturi doirasida bajarilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi reja qilingan ishlar tahlil etildi. 

Shundan soʻng, “Oʻzbekiston” mahallasida oʻrganishlar davom ettirilib,  mahalla beshiligi, faollari bilan uchrashdi. Unda “Ijtimoiy profilaktika” boʻyicha mahalla beshligining kunlik faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, beshlik zimmasidagi vazifalar tushuntirilib, hududlarda fuqarolar bilan manzilli ishlarni muntazam olib borish lozimligi taʼkidlandi.

Keyingi manzil “Taraqqiyot” mahallasi boʻldi. “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahalla beshligi tomonidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlari bilan tanishib, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini tashkil etish tartibi hamda eʼtibor qaratish lozim jihatlar aytib oʻtildi. Shuningdek, profilaktika inspektorining maxsus baza orqali fuqarolar bilan ishlash tizimi faoliyati yaqindan oʻrganildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech