6 May 2024 yil 1447

Ichki ishlar vazirligi malaka oshirish institutida boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kurslarini yakunlab kelgan yosh xodimlar murabbiylarga biriktirildi

Barcha sohalarda boʻlgani kabi ichki ishlar organlari faoliyatida ham “Ustoz – shogirdlik” anʼanalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Zero, yosh kadrlarni tarbiyalashda ustozlarning mehnati va boy tajribasi muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda.  Xususan, viloyat IIBda tashkil etilgan navbatdagi yigʻilishda Ichki ishlar vazirligi malaka oshirish institutida boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab kelgan yosh xodimlar lavozimlarga tayinlandi. Shuningdek ular uchun xizmatda ijobiy yutuqlarga erishgan amaliy boy tajribaga ega boʻlgan xodimlar orasidan murabbiylar biriktirildi. Yosh xodimlar amaliyotda koʻnikma hosil qilishlari hamda doimiy ravishda oʻquv mashgʻulotlar olib borishlari uchun tasdiqlangan reja bilan tanishtirildi. 

Yigʻilish soʻngida ularga oʻrnatilgan tartib va amaliyotni oʻtash qoidalariga qatʼiy amal qilishlari, oʻquv va xizmat intizomini buzmasligi xususida tabiyaviy ishlar olib borildi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech