IIB rahbariyati tomonidan olis Tomdi va Uchquduq tumanlari hamda Zarafshon shahri IIBlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar faoliyati o‘rganildi
IIV SHXBB Navoiy viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i tomonidan olis Tomdi va Uchquduq tumanlari hamda Zarafshon shahri IIBlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, xodimlar bilan xizmat intizomi va qonunchilik talablarini so‘zsiz bajarish, korrupsion xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilib, xizmat vazifalari yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Xizmat xonalari ko‘zdan kechirilib, kamchiliklar ustida ishlash lozimligi uqtirildi.
Uchquduq tumani IIB xodimlari bilan ham shu kabi targ‘ibot-profilaktik uchrashuvlari o‘tkazilib, jarayonda o‘zining namunali xizmati bilan o‘rnak bo‘layotgan bir guruh xodimlar taqdirlandilar. Aksar xodimlarning xonadonlariga borilib, yashash sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Tomdi tumanining "qizil" toifadagi hududi "Sharq" OFYda ham mahalla yettiligi bilan suhbat olib borilib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda zarur chora-tadbirlar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Bu kabi o‘rganishlar hududlar bo‘ylab davom etmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati