21 Oktyabr 2025 yil 290

IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Navoiy viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Konimex va Qiziltepa tumani IIBlarda o‘rganishlar olib bordi

IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Navoiy viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Konimex va Qiziltepa tumani IIB xodimlari bilan uchrashdi. Unda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan profilaktik tushuntirishlar berilib, qonunchilik va xizmat intizomi har bir xodimning birinchi galdagi vazifasi bo‘lishi kerakligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, fuqarolar bilan munosabatda xushmuomala bo‘lish, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi uqtirildi.

Mazkur hududlarda “qizil” toifadagi mahallalar yettiliklari bilan uchrashib kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda amalga oshirilishi lozim chora-tadbirlar muhokama etildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish  yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Jarayonda xodimlarning yashash hamda xizmat xonalari va faoliyat yuritishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirilib, taklif hamda murojaatlari tinglandi. 

O‘rganishlar hududlar bo‘ylab davom etmoqda.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech