IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda viloyat IIB mas’ullaridan iborat ishchi guruhi tomonidan 5 yildan buyon “qizil” toifada qolib kelayotgan Navoiy viloyatidagi mahallalarda o‘rganishlar olib borilmoqda
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-253-son Qarori talablarini Navoiy viloyatida o‘z vaqtida to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash, kriminogen vaziyatni yaxshilash orqali mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish maqsadida IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda viloyat IIB mas’ullaridan iborat ishchi guruhi tomonidan joylarda o‘rganishlar olib borilmoqda.
O‘rganishlarning birinchi kunida mas’ullar 5 yildan buyon “qizil” toifada qolib kelayotgan Karmana tumanining “Beshkent” va “Arg‘un”, Xatirchi tumanining “Navbaxor” mahallalarida bo‘ldi. Jarayonda mazkur hududlarda so‘nggi 5 yilda sodir bo‘layotgan jinoyatchilik tahlili muhokama qilindi hamda Prezidentimizning huquqbuzarliklar profilaktikasiga daxldor bo‘lgan qaror, farmon, farmoyishlarning mazmun-mohiyati mahalla yettiligi va boshqa tegishli tuzilma vakillariga yetkazilmoqdi.
O‘rganishlar davom etmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati