10 Sentyabr 2025 yil 575

IIV Akademiyasining mas’ullari IIV Navoiy akademik litseyi hamda Vazirlikka biriktirilgan 41-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdi

  O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona Vatanga sadoqat, millat ravnaqiga daxldorlik hissini singdirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvning dastlabkisi IIV Navoiy Akademik litseyida bo‘lib o‘tdi. Unda IIV Akademiyasida kursantlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, mukammal ta’lim texnologiyalari bilan ta’minlanganligi haqida so‘z bordi. Shuningdek, muassasada nazariy o‘quvlarning amaliyot bilan chambarchas bog‘langanligi, bo‘lajak ichki ishlar xodimlari malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi, hamda ularning psixologik holatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha suhbatlashildi.

41-son umumta’lim maktabida esa bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan mahorat darslarii tashkil qilindi. Shuningdek  “Bolalar psixologiyasi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

                  Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech