27 Yanvar 2025 yil 2280

IIV Akademiyasining professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh Navoiy viloyatining “qizil” toifadagi mahallalarida o‘rganishlar olib bormoqda

Davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash hamda unda ko‘rsatilgan vazifalarni amaliyotga joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Navoiy shahrida o‘rganishlar olib borildi.

Bunda “qizil” toifadagi mahallalarga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddilar Navoiy shahrining “Taraqqiyot” va “Kimyogar”, Navbahor tumanining “Qorovultepa", “Mirzo Ulug‘bek" hamda “Chorvoqguzar” mahallalarida bo‘lib jinoyatlarning sodir etilish sabablari, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan amaliy ishlarni tahlil etishdi. Shuningdek, mahalla yettiliklari bilan uchrashib hisobda turgan, jinoyat sodir etishga moyil, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar bilan tizimli ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech