16 Iyun 2025 yil 1178

IIV mas’ullari tomonidan Navoiy viloyati IIBning shahodatlangan xodimalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga ko‘ra Ichki ishlar organlarida xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish hamda ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi xizmat samaradorligini yaxshilash maqsadida IIV ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Nargiza Mirjalolova hamda psixologik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Farxod Axmedov ishtirokida Navoiy viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan shahodatlangan xodimalar bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish bo‘yicha so‘z bordi.

Shuningdek, xodimalar bilan yakka tartibda suhbatlar tashkil etilib, ularning mavjud muammolari o‘rganildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech