9 Dekabr 2023 yil 910

IIV Navoiy akademik litseyida kun munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

IIV Navoiy akademik litseyida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda oʻquvchilar tomonidan bosh qomusimizning yaratilish tarixi, yangi konstitutsiyamiz tasnifi va unda mustahkamlab qoʻyilgan huquqiy normalar haqida maʼlumotlar yetkazildi, mavzuga doir, vatanparvarlikni madh etuvchi sheʼrlar aytildi, kuy va qoʻshiqlar ijro etildi. Bundan tashqari, oʻquvchilar oʻrtasida konstitutsiyaga oid bilimlar asosida viktorina, chellenjlar tanlovi oʻtkazilib munosib taqdirlanishdi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech